Jonli efirlar, moslashuvchan uzatish sozlamalari, kanallar orasida tezkor oʻtish va ommabop stikerlar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Jonli efirlar, moslashuvchan uzatish sozlamalari, kanallar orasida tezkor oʻtish va ommabop stikerlar

Yaqinda nishonlangan Telegramning sakkiz yilligi munosabati bilan Telegram 8.0 yangi versiyasida guruh va kanallarda cheklanmagan auditoriya bilan jonli efir qilish imkoniyati, xabarlarni uzatishda yuboruvchi ismi va rasmlar izohlarini olib tashlash imkoniyati, chatlar roʻyxatiga qaytmasdan keyingi oʻqilmagan kanalga oʻtish imkoniyati, yangilangan stikerlar paneli va boshqalarni taqdim etamiz.

Cheklanmagan jonli efirlar

Avvalgi yangilanishimiz guruhli video chaqiruvlarni video translatsiyalari uchun kuchli vositaga aylantirdi. Bugundan boshlab tomoshabinlar soniga cheklovlar yoʻq.

Kanalda jonli efir yoki guruhda videochat boshlang – endi har ikkalasida ham cheklanmagan tomoshabinlar ishtirok etishi mumkin. Oʻz telekanalingizni ishga tushirish imkoniyati shu yerda – choʻntagingizda.

Boshlash uchun siz admini boʻlgan hamjamiyat profil sahifasida “Videochat” (guruhlarda) yoki “Jonli efir” (kanallarda) bandini bosing.

Jonli efiringiz tomoshabinlari qoʻl koʻtarishi va ular gapirishiga ruxsat bersangiz efirga qoʻshilishi mumkin.

Moslashuvchan uzatish sozlamalari

Xabarlarni uzatish soddaroq va qulayroq boʻldi. Uzatmoqchi boʻlgan xabaringizga razm solish va sozlamalarni oʻzgartirish uchun kiritish maydoni yuqorisidagi “Xabarni uzatish” bandini bosing.

Multimedia xabarlarida yuboruvchi nomini yoki izohlarni berkitishingiz ham mumkin. Shuningdek, siz yuborishni xohlamagan tanlangan xabarlarni bekor qilishingiz yoki qabul qiluvchini oʻzgartirishingiz ham mumkin.

Keyingi kanalga oʻtish

Telegramda yangiliklar, koʻngilochar va taʼlim kabi turli mavzulardagi millionlab kanallar yaratilgan.

Postlarni kuzatish qulayroq boʻlishi uchun endi chatlaringiz roʻyxatiga qaytmasdan kanallardagi barcha yangi xabarlarni koʻrishingiz mumkin. Kanalning eng oxirgi postiga yetganingizda keyingi oʻqilmagan kanalga oʻtish uchun ekranni yuqoriga torting.

Agar chatlaringiz roʻyxatini jildlar yoki arxivlangan chatlar bilan tartiblagan boʻlsangiz, ilova siz sozlagan tuzilmaga rioya qiladi: joriy jilddagi kanallar, keyin barcha chatlar va arxivda qolgan chatlar. Koʻngilochar kanallarga chalgʻimasdan ish boʻyicha barcha kanallarni oʻqish uchun shunchaki kerakli jilddagi kanalni oching.

Ommabop stikerlar

Istalgan Telegram foydalanuvchisi shaxsiy stikerlar toʻplamini yaratishi mumkin, stikerlar katoligimizda minglab mualliflik toʻplamlaridan bepul foydalanish mumkin – shuning uchun, istalgan holat uchun mos keluvchi stikerni topish mumkin. Bugungi yangilanish bilan qidirish yanada osonlashdi.

Ommabop stikerlar endi stikerlar panelingizning “Yaqinda ishlatilganlar yuqorisida koʻrsatiladi. Biror toʻplamni kelgusiga saqlash uchun Qoʻshish tugmasini bosing. Ommabop stikerlar roʻyxati muntazam ravishda yangilanadi.

Kerakli stikerni tanlash qulayroq boʻlishi uchun toʻplamlar eskizlari kattalashadi, panelning yuqori qismini aylantirganingizda eskiz yonida toʻplam nomi koʻrsatiladi.

Android uchun Telegram ham stikerlar tavsiyalari uchun kattaroq razm solish imkoniyatiga ega boʻldi. Tavsiyalar olish uchun kiritish maydoniga bitta emoji kiriting. Yana boshqa tavsiya etiladigan stikerlarni koʻrish uchun tavsiyalar panelida yuqoriga torting.

Agar biror narsa haqida oʻylasangiz, lekin u stikerlar toʻplamlaringiz orasida boʻlmasa, stikerlar katalogidan mos keluvchilarni topish uchun biror soʻz yozing. “Sariq”, “hayvon”, “it” va boshqalarni sinang.

Stiker tanlash

Agar suhbatdoshingiz javob uchun mos keluvchi stikerni tanlayotgan boʻlsa, siz bu haqida avvalgi “Yozmoqda…”, yoki “Ovozli xabar yozmoqda” kabi “Stiker tanlamoqda” holati orqali bilib olasiz, u chat sarlavhasida koʻrsatiladi.

Oʻqilmagan fikrlar hisoblagichlari

Aksariyat kanallar obunachilar munosabatga kirishishi va fikrlarini ulashishi uchun postlariga fikr bildirish funksiyasini yoqqan. Yaqinda ushbu postga minglab foydalanuvchilardan minglab tabriklar oldik – barchangizga rahmat!

Endi kanaldagi postlarga bildirilgan fikrlarni ochish orqali darhol oʻqilmagan xabarlar hisoblagichini koʻrasiz.

Siz hozir ochgan fikrlarda oʻqilmagan fikrlar soni

Yangi animatsiyali emojilar

Har bir yangilanishda animatsiyali emojilarni qoʻshishni ogʻishmay davom ettirmoqdamiz. Animatsiyali versiyasini koʻrish uchun istalgan chatda ushbu emojilardan birini alohida xabarda yuboring:

Buguncha shular. Keyingi yangilanish uchun ayrim yangiliklar deyarli tayyor – tez orada koʻrishguncha!


2021-yil, 31-avgust
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

개선된 비디오 및 그 외 다수

오늘 업데이트에서는 영상의 더 빠른 로딩, 더 나은 품질 및 새로운 속도 제어 기능, 마지막 편집 타임스탬프, 보낸 메시지에 미디어 첨부, 미니 앱의 증가된 제한, 개발자를 위한 새로운 수익화 옵션 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-okt, 2024

선물, 검증 플랫폼 및 기타

사용자들은 이제 친구들에게 선물을 보낼 수 있습니다: 선물의 수신자는 자신의 프로필 페이지에 선물을 표시하거나 별로 전환할 수 있습니다. 추가로, 텔레그램은 기업들이 고객의 전화번호를 인증할 수 있는 플랫폼을 출시했습니다: 이 새로운 인증 플랫폼은 사용자가 텔레그램을 통해 코드를 받아 전화번호를 쉽게 확인할 수 있게 하며…
5-okt, 2024

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024

슈퍼 채널, 스타 반응 및 구독

오늘은 텔레그램의 11주년입니다. 사용자가 콘텐츠 제작자를 지원할 수 있도록 하는 스타 반응 및 스타 구독, 봇 및 비즈니스 계정을 위한 유료 미디어, 그리고 관리자가 다른 채널이나 개인 프로필로 게시할 수 있는 새로운 텔레그램 채널 모드를 만나보세요.
14-avg, 2024